empty
 
 

Тavsifi

Accumulation Swing Index indikatori Uelles Uaylder kichigi tomonidan ishlab chiqilgan va uning "Texnik savdo tizimlarining yangi konsepsiyalari" nomli kitobida tavsiflangan. Mazkur indikator o'z tuzilishiga ko'ra moliya aktivida narxning o'zgarishi bilan o'xshash bo'lgan tebranishlarning oddiy ko'rsatkichi hisoblanadi.

Hisoblash formulasi

SI(i)=50*(CLOSE(i-1)-CLOSE(i)+0,5*(CLOSE(i-1)-OPEN(i-1))+0,25*(CLOSE(i)-OPEN(i))/R)*(K/T)

ASI(i) = ASI(i-1) + SI(i), где


SI (i) - Swing Index texnik indikatorining joriy qiymati;

SI (i - 1) - Swing Index texnik indikatorining oldingi bardagi qiymati;

CLOSE (i) - yopilishdagi joriy narx;

CLOSE (i - 1) - yopilishdagi oldingi narx;

OPEN (i) - ochilishdagi joriy narx;

OPEN (i - 1) - ochilishdagi oldingi narx;

R - yopilishdagi bugungi narx bilan kechagi maksimum va minimum o'rtasidagi nisbat asosidagi formula bo'yicha hisoblanadigan parametr;

K - ikki kattalikdan eng kattasi: (HIGH (i - 1) - CLOSE (i)) va (LOW (i - 1) - CLOSE (i));

T - savdo seriyasi davomida narxlarning chegaraviy yo'l qo'yiladigan o'zgarishi;

ASI (i) - Accumulation Swing Index indeksining hozirgi paytdagi qiymati.

Savdoda qo'llanilishi

U.Uaylder o'zining "Texnik savdo tizimlarining yangi konsepsiyalari" nomli kitobida indikatorga quyidagicha ta'rif beradi: "Agar ASI o'sha kunduzgi grafikda joylashgan bo'lsa, indikatorda rasmi chizilgan trendlarni grafikdagi o'shanday chiziqlar bilan taqqoslash mumkin. Tendentsiyaning muhim chiziqlarini qanday solishni biladiganlar uchun ASI trend chiziqlarining uzilishini tasdiqdovchi yaxshi vosita bo'lishi mumkin. Grafikda tendensiya chiziqlarining xato holda uzilishlari indikator grafida mos chiziqlar bilan tasdiqlanmaydi. Chunki ASI ko'proq darajada yopilishdagi narxlardan foydalaniladi, kun mobaynidagi yuqoriga va pastga sakrashlar indikator indeksiga katta salbiy ta'sir ko'rsatmaydi".

Shuningdek Accumulation Swing Index uni SMA(50) indikatori bilan signal chizig'i sifatida birgalikda foydalanilganda trend vaqtida yaxshi bo'ladi. ASI va SMA chizig'ining kesishish nuqtalari yuqoriga yoki pastga rivojlanayotgan tendensiya yo'nalishida kirish sohasiga ham, indikator signal chizig'ini teskari tomonga kesib o'tgan holda chiqish sohasiga ham ko'rsatuvchi ilgarilab boruvchi savdo signallari hisoblanadi.

ASI indikatori

InstaForeks ASI indikatorining parametrlari

T = 300.0

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок