empty
 
 

Tavsifi

"Larri Vilyams ekstremumlari" kompyuter indikatori Larri Vilyamsning "Qisqa muddatli savdo qilishning uzoq muddatli sirlari" nomli kitobida tavsiflangan qisqa muddatli narx maksimumlari va minimumlarining bozorda mavjudligi ko'rsatkichi hisoblanadi. Mazkur indikator treyder o'z ishida foydalanadigan bozorga kirishning asosiy usullariga ajoyib qo'yimcha sifatida qo'llanishi mumkin.

Hisoblash formulasi

Indikator narxning shakllangan qisqa muddatli maksimum yoki minimumlari asosida shunday sharb bilan quriladiki, bunda qo'shni qunlar savdo qilinayotgan kundagi narxning darajalariga nisbatan ancha past maksimumlarni, yoki ancha yuqori minimumlarni shakllantiradi.

Сavdoda qo'llanilishi

Larri Vilyams o'zining "Qisqa muddatli savdo qilishning uzoq muddatli sirlari" kitobida bozor ekstremumlarini quyidagicha tavsiflaydi: "Men qisqa muddatli bozor minimumini quyidagi oddiy formula bo'yicha aniqlashim mumkin: ikkala tomonida ancha yuqori minimumlar bo'lgan kunlik minimum har safar paydo bo'lganda bu minimum qisqa muddatli bo'ladi. Qisqa muddatli bozorning eng katta maksimumi - o'shaning o'zi, faqat teskrisi. Bu erda biz ikkala tomonida ancha past maksimumlar bo'lgan maksimumni kuzatamiz."

Narx ekstrimumining mazkur tavsifi kunlik grafikda narxning qisqa muddatli qaytishini aniqlashga imkon beradi va tegishli signal mavjud bo'lganda bitimni shakllangan burilish yo'nalishida ochishga imkon beradi.

ИnstaForeks kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Metatreyder uchun "Larry Williams Extreme's" indikatori u yoki bu moliyaviy aktivda narx maksimumi yoki minimumi qachon shakllanganini (bu konsepsiya muallifining qarashi nuqtai nazaridan) ravshan aniqlash imkonini beradi. Agar valyuta juftligining kunli grafigida ekstremum (maksimum) shakllangan bo'lsa, u holda indikator qizil rangdagi strelkani chizadi, bu esa shaklangan modeldan so'ng narxning pasayishi mumkinligiga signal bo'ladi. Va aksinsa, agar grafikda narx qisqa muddatli minimumni shakllantirsa, u holda indikator uni zangori strelka bilan aks ettiradi va mazkur holat aktivni xarid qilish uchun asos sifatida qaralishi kerak.

Mazkur indikatordan tahlil qilishnig mustaqil vositasi sifatida foydalanilgan holda narxning umumiy yo'nalishi harakatiga qarshi holda bozorga kirish imkonini istisno qilish uchun rivojlanayotgan tendentsiyaning yo'nalishini hisobga olish zarur.

Tahlil qilishning qo'shimcha vositasi sifatida "Larry Williams Extreme's" indikatori qaror qabul qilishning asosiy usulini to'ldiruvchi signal tarzida - texnik yoki fundamental - savdo tizimda foydali bo'lishi mumkin.

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок